Haftalik doirasida Jahon Bankining “O‘zbekistonda elektron tijorat bozorida qanday muvaffaqiyatga erishish mumkin” mavzusida forum tashkil etildi
2023-10-26 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari
“ICTWeek – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Jahon bankining elektron tijoratni rivojlantirish guruhi (EGATE)ning yetakchi mahalliy va xalqaro ekspertlari ishtirokida “O‘zbekistonda elektron tijorat bozorida qanday muvaffaqiyatga erishish mumkin” forumi tashkil etildi.

Forumda Amazon, Mastercard, Alibaba, DHL, Uzum, USAID kompaniyalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari, AQSh, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Singapur va Yevropa davlatlaridan ekspertlar ishirok etdi.
Tadbirda onlayn savdo, moliyaviy to‘lovlar, logistika sohasi mutaxassislari qatnashib, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Sessiyalar davomida tajriba almashish, elektron tijorat sohasidagi imkoniyatlar, muammolar va yechimlar muhokama qilindi.




