Sirdaryo viloyati mahallalarida IT o‘quv kurslarini keng tashkil etish va chet tillariga o‘qitish orqali yoshlarni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
2025-02-05 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur uchrashuvlar davomida mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining turmush darajasi, kam ta’minlangan oilalar bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuvlar chog‘ida raqamli texnologiyalarni mahalla darajada keng joriy etish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish va yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahallalarda IT o‘quv kurslarini tashkil etib, chet tillariga o‘qitish orqali ularni yuqori maoshli ish bilan ta'minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, yil davomida mahallalarda raqamli savodxonlikni oshirish, kam ta'minlangan oilalar farzandlarini IT sohasiga o‘qitib, munosib o‘rin topishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish va yoshlarning masofadan turib ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida vazir MFY vakillari, tadbirkorlar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi hamda tegishli masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.


