Raqamli texnologiyalar vaziri Jizzax shahrida tashkil etilayotgan “Kibersport arena” qurilish jarayoni bilan tanishdi
2023-11-11 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Jizzax viloyati hokimligi tomonidan Jizzax shahri markazida xalqaro talablar asosida, “Kibersport arena” barpo etilmoqda.
Joriy yilning 11-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Jizzax shahriga tashrif buyurib, mazkur majmua qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
“Kibersport arena” foydalanishga topshirilgandan so‘ng kibersport turlari bo‘yicha viloyat, respublika va xalqaro darajadagi musobaqalarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bino hududida yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitishga mo‘ljallangan “IT-Akademiya” ham tashkil etilmoqda.
Shuningdek, vazir Jizzax viloyati hokimi Ergashi Saliyev bilan uchrashib, Jizzax viloyatida IT-sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.





