audio

    “Hancom Academy”ning ilg‘or IT ta’limi O‘zbekistonda joriy etilmoqda

    O‘zbekiston Respublikasida Koreyaning ilg‘or raqamli ta’limini joriy qilish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligida “Hancom Academy” vakillari ishtirokida Anglashinuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    “Hancom academy” joriy yilda Xorazm viloyatida joylashgan Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida 20 ta sinfxonalarni jihozlash orqali “smart sinfxonalari”ni (smart classroom) tashkil qiladi. 2027-yil oxiriga qadar butun respublika bo‘ylab joylashgan Raqamli texnologiya o‘quv markazlarida "smart sinfxonalarni" jihozlash rejalashtirilgan. 

    Ushbu sinfxonalarda sun’iy intellekt, ilovalarni ishlab chiqish, koreys tili va ingliz tili yo‘nalishlarida darslar “Hancom Academy”ning malakali o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha o‘qitiladi. Shuningdek, “Hancom Academy” tomonidan ishlab chiqilgan alohida o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy IT mentorlarining malakasi ham oshiriladi.

    O‘quv dasturi O‘zbekiston va jahonda talab yuqori bo‘lgan va yuqori maoshga ega kasblarga yoshlarni o‘rgatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv dasturi bitiruvchilari kelajakda o‘zlari ham dars berish ko‘nikmalarini qo‘lga kiritishadi. 

    Ma’lumot uchun: Hancom Group 1990-yil tashkil etilgan bo‘lib, Koreya Respublikasida Microsoft Office o‘rnini bosa oladigan Hangul Korean Word dasturiy ta’minotini yaratish bilan Koreyada tanilgan kompaniyadir. 
    Hancom Groupning sun’iy intellekt, dron va boshqa ilg‘or texnologiyalarni o‘qitishga ixtisoslashgan onlayn ta’lim platformasi ega yirik IT akademiya - Hancom Academy sho‘ba tashkiloti mavjud. 
    Ushbu IT akademiya Koreya Respublikasida yirik korxonalar, jumladan Samsung Electronics, SK Telecom, KT, LG Electronics xodimlari malakasini oshirish, davlat xizmatchilari malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi, hamda yirik universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

    • view_icon 1089
    : 2024-02-02 22:15:02