Yaponiyaning ichki ishlar va aloqa vaziri bilan yanada keng qamrovli hamkorlik ishlari muhokama qilindi
2025-05-16 10:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Tokiyo shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiyaning ichki ishlar va aloqa vaziri Sayichiro Murakami bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqa va kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik hozirgi kunda tarixdagi eng yuqori darajaga chiqqanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Sherzod Shermatov Yaponiyaning poytaxti Tokioda IT Parkning vakolatxonasi ochilganining muhim ekanligini alohida ta'kidladi.
Bu tashabbus Yaponiya kompaniyalari uchun O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va IT sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini yaratadi.
Yaponiyaning Ichki ishlar va aloqa vazirligi (MIC) tomonidan ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Toshkent shahrida joriy yil 23–26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonning raqamli tadbiri — ICT WEEK 2025 da ishtirok etishga taklif qilindi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni ko‘plab tashabbuslar orqali yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.



