audio

    “PASHA Holding” kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ozarbayjonning “PASHA Holding” kompaniyasi bosh direktori Jalal Gasimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari va hamkorlik bo‘yicha potensial loyihalar muhokama qilindi. 

    Uchrashuvda IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

    Shuningdek, xolding tomonidan moliyalashtiriladigan biznes turlari va kompaniyalar to‘g‘risida axborot berilib, IT-startaplar va ko‘chmas mulkka o‘z mablag‘larini yo‘naltirish va O‘zbekistonda yirik IT-kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. 

    O‘z navbatida, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi kompaniyalar uchun dasturlar, ularni hamkorlar orqali xalqaro bozorlarda ilgari surish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi. 

    Ma’lumot uchun: 2006-yilda tashkil etilgan “PASHA Holding” Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan mashhur investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya asosan bank va moliya, sug‘urta, axborot texnologiyalari, chakana savdo, qurilish, mehmondo‘stlik, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulkni rivojlantirish va turizm kabi turli sohalarga e’tibor qaratgan kompaniya hisoblanda.

     


    • view_icon 942
    : 2024-02-20 15:22:35