Samarqand viloyati delegatsiyasining Filadelfiya shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi boshchiligida “EPAM systems” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilib, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Xususan, sohaviy bilimlarni o‘rgatish va IT xizmatlarini eksport qilish maqsadida viloyatda kompaniya ofisini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, “Mir Transportation Inc” korxonasiga tashrif amalga oshirilib, korxona faoliyati bilan tanishildi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv olib borildi.
Uchrashuv davomida viloyatda investisiyalarni jalb etish uchun yaratilgan qulayliklar, xususan, IT sohasini rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida suhbat olib borildi, tadbirkorlarga viloyatda o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Mazkur uchrashuvlar natijasida,
- “Mir Transportation Inc” bilan qiymati bilan masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi;
- “Logex” kompaniyasi bilan qiymati masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi;
- “Uzrek payment system inc” bilan teng masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Samarqand viloyat delegatsiyasining AQSHga tashrifi davom etmoqda.