“NEC” korporatsiyasi rahbariyati bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
2024-02-27 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2024” Jahon mobil kongressi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “NEC” korporatsiyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “O‘zbektelekom” AK hamda “NEC” kompaniyasi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha istiqbolli va amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Kompaniya vakili mamlakatimizning yangi tarmoqlarini kengaytirish va qo‘shimcha internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, hozirgi kunda Yaponiya xalqaro xamkorlik banki va Yapon moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.


