Vazir Urganch shahridagi “uPro” raqamli ta’lim va logistika markazi faoliyati bilan tanishdi
2024-02-27 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazir markazning keyingi rejalari va amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishdi.
Shuningdek, hozirda markaz tomonidan 200 nafardan ortiq yoshlar ingliz tili, logistika va boshqa turdagi internet jahon axborot tarmog‘ida xizmatlar outsorsingi sohasida o‘qitib kelinmoqda.
Mazkur korxona IT xizmatlar autsorsing yo‘nalishida 3 ta yo‘nalishda faoliyat olib boradi:
1. Kompyuter savodxonligi va ingliz tilini o‘rgatish;
2. Logistika sohasidagi nazariy va amaliy bilimlar berish;
3. Logistika sohasidagi brokerlik va dispatcherlik xizmatlari.
Tashrif davomida yoshlarni IT jalb qilish, ushbu sohada xotin-qizlar ulushini oshirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinib, markaz faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.



