O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun mohiyati
2024-02-24 16:30:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 23-fevralda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-846-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
Mazkur qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor berish tartib taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga ko‘chma radiotelefon aloqasiga taalluqli faoliyatning mavjud kichik turi respublika hududida yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish kabi kichik faoliyat turi bilan kengaytirildi va davlat boji belgilandi.
Ushbu Qonun yo‘ldosh aloqa sohasida yangi texnologiyalarning joriy etilishi natijasida yaratilayotgan sharoitlardan foydalangan holda respublikaning tog‘li va olis hududlarida yuqori tezlikdagi Internet va sifatli aloqa bilan qamrab olinishini taʼminlashga, yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga hamda telekommunikatsiyalar sohasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
