audio

    TATU Urganch filialida Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida Vazir va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi.

    Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimizda yoshlarga IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030-yilgacha mamlakatmizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi.

    Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi. Chet tili va IT sertifikatlarga ega bo‘lish uchun mamlakatimizda ko‘plab imkoniyatlar yaratilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan IT bilan shug‘ullanish orqali talaba yoshlar yuqori daromadga ega bo‘lishlari, turli IT o‘quv markazlarini tashkil etishda imkoniyatlarning yuqoriligi, xorijiy kompaniyalarga IT xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.

    Uchrashuv davomida TATU Urganch filiali talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savol, takliflar va muammolar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vaziriga murojaat qildilar. Vazir tomonidan talabarning savollariga tegishli javoblar hamda tushuntirishlar berildi. Shuningdek IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha talabalarning bildirgan takliflari Vazir tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

    Tadbir so‘ngida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari orasidan turli stipendiyalarga sazovor bo‘lgan stipendiantlarni, xususan Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi sohiblarini tabriklab, stipendiya guvohnomalarini topshirdi.


    • view_icon 306
    : 2024-02-29 10:08:59