audio

    “Dell Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

    AQSHda “Dell Technologies” kompaniyasining Global davlat siyosati vitse-prezidenti Daniel Green va “GovSmart, Inc.” kompaniyasi bosh direktori Brent Lillard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida “Dell Technologies” kompaniyasining sun’iy intellektga asoslagan, zamonaviy dasturlash tizimlari talabiga javob beradigan hamda yuqori texnologik kompyuterlari bilan ta’minlash orqali O‘zbekiston yoshlari uchun AQSH bozoriga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.  

    Jumladan, Toshkent shahrida tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida IT yo‘nalishidagi xorijiy kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlardan kelib chiqib, “Dell Technologies” kompaniyasining rasmiy ofisini O‘zbekistonda ochish muhokama etildi.

    Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Raqamli texnologiyalar vazirligi va “GovSmart, Inc” kompaniyasi o‘rtasida majburiyat xati imzolandi.


    • view_icon 854
    : 2024-03-10 14:54:38