Vazirlik va idoralarda ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ularning mustaqilligi va samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-07-31 21:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligida byudjet mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan ichki nazoratni kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash masalalari, Vazirlik va idoralarda ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ularning mustaqilligi va samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchilari J. Egamberdiyev, D. Rustamov, Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi rahbari A. Soliyev, ushbu markaz bosh inspektori S. Kenjayev, vazirlik tegishli boʻlinmalari rahbarlari, vazirlik huzuridagi agentlik, inspeksiya, korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari, ularning moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, buxgalteriya, ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplayens-nazorati, xarid masalalari boʻyicha masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbir belgilab olindi.
Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tarmoq departamentlari bilan birgalikda quyidagi yoʻnalishlarda byudjet qonunchiligini buzilishini profilaktikasiga alohida eʼtibor qaratish, yaʼni, byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlarda amalga oshirilgan qurilish ishlarini monitoring qilishda ularda nazorat tadbirlarini oʻtkazish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, byudjet tizimi byudjetlardan toʻlanadigan subsidiyalarni manzilli va samaradorligini baholash, davlat xaridlari qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini oʻrganish, byudjet jarayonlari barcha bosqichlarida maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish lozimligiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.









