audio

    Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi “NUWA ROBOTICS” kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochmoqda

    “Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Qoʻchqorov va “NUWA Robotics” kompaniyasi direktori Hung Jui-Jen oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

    Kelishuv Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalari, robototexnika va autsorsingni rivojlantirish sohalarida hamkorlik o'rnatish, mamlakatda kompaniya filialini ochish va IT Park rezidenti maqomini olishni nazarda tutadi.

    “NUWA Robotics” kompaniyasiga 2016-yilda Xitoyda asos solingan boʻlib, inson bilan oʻzaro chuqur aloqada boʻlishga qodir robotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Kompaniya sunʼiy intellekt, dasturiy va apparat taʼminotlarini yaratish, robotlar ishlab chiqarish va ularning UX-dizayniga ixtisoslashgan.

    Hozirda “NUWA Robotics” kompaniyasi Tayvan, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda oʻz ofislariga ega. AQSh, Xitoy, Hindiston va shu kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi korxonalar mazkur kompaniyaning mijozlari hisoblanadi. Kompaniya allaqachon butun dunyo boʻylab yigirma mingdan ziyod robotlarni foydalanishga topshirdi. Shuningdek, ularning mahsulotlari esa mingdan ortiq oilalar va taʼlim muassasalari tomonidan qo‘llaniladi.


    • view_icon 378