Raqamli texnologiyalar vazirligida Mongoliyaning “MCS Group” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o‘tdi
2024-04-04 20:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida mamlakatimizda IT-akademiya tashkil etish, istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash, Mongoliya kompaniyalariga O‘zbekistondan masofaviy BPO xizmatlarini ko‘rsatish hamda IT-infratuzilmaga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuv so‘nggida vazirlik tomonidan “MCS Group” kompaniyasiga joriy yilning 17—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICTWeek 2024 haftaligida o‘z stendlari bilan ishtirok etish taklifi berildi.



