Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqot: startaplar, grantlar va AT istiqbollari muhokama qilindi
2026-03-02 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan sohani yanada rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, grant va investitsiya jalb etish imkoniyatlari, IT Park rezidentligi afzalliklari, eksport bozorlariga chiqish mexanizmlari hamda zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash masalalariga oid qator savollar yo‘llandi.
Vazir har bir savolga batafsil javob berib, davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, soliq va bojxona imtiyozlari, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, shuningdek, yosh tadbirkorlar va startap asoschilari uchun mavjud moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, hudud yoshlarining innovatsion g‘oyalari va amaliy loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash, mentorlik tizimiga jalb etish, xalqaro bozorlarga integratsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun o‘z tashabbus va takliflarini bevosita vazirga yetkazish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish hamda kelgusidagi faoliyati uchun zarur motivatsiya va yo‘nalish olish imkonini berdi.






