Vazirlik tizimidagi yetakchi ayollar Prezident Farmoniga muvofiq mukofotlandi
2026-03-04 17:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Farmonga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi korxona-tashkilotlarda samarali faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
"Kelajak bunyodkori» medali bilan
Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi – Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari.
"Shuhrat" medali bilan
Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna – UZINFOCOM mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori.
Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori malakasi va raqamli transformatsiya jarayonlaridagi faol ishtiroki mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, IT-xizmatlar eksportini kengaytirish hamda zamonaviy raqamli infratuzilmani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mukofot sohibalarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
