4-mart — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun
2026-03-04 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun mamlakatimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligi va hayotini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun munosabati bilan ushbu soha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari har qanday murakkab va xavfli vaziyatlarda ham matonat, jasorat va yuksak mas’uliyat bilan xizmat qilib, inson hayoti va mulkini asrash, tabiiy hamda texnogen ofatlar oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
Yurtimiz tinchligi va aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda barchangizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, mas’uliyatli xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
