“Sun’iy intellekt texnologiyalari: qonunchilik, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi
2026-03-05 21:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun, 5-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Sun’iy intellekt texnologiyalari: qonunchilik, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, xalqaro ekspertlar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiya davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, milliy va xorijiy ekspertlar o‘rtasida barqaror muloqot va tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida sun’iy intellekt sohasida qonunchilikni yanada takomillashtirish, ilmiy infratuzilmani rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.





