CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-03-06 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur kelishuv 2025-yil 10-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 425-son qarori bilan belgilangan 2025–2026-yillarda sun’iy intellektni jadal rivojlantirish vazifalariga mos ravishda amalga oshirilmoqda.
Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• fintech ekotizimi va raqamli infratuzilmani rivojlantirish;
• raqamli moliya bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish;
• sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, mashinaviy o‘rganish, moliyaviy tahlil va kiberxavfsizlik sohalarida qo‘shma tadqiqotlar;
• ESG tamoyillariga mos moliyaviy mexanizmlarni ishlab chiqish;
• mutaxassislar, regulatorlar va tadbirkorlar uchun ta’lim va sertifikatsiya dasturlari;
• sanoat tahlillari va strategik hisobotlarni tayyorlash;
Mazkur memorandum O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda sun’iy intellektga asoslangan innovatsiyalar hamda barqaror fintech rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun institutsional hamkorlik asosini yaratadi.


