AQSHning Yuta universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2026-03-10 19:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSHning nufuzli Yuta universiteti o‘rtasida raqamli ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida:
- IT, sun’iy intellekt, data science va game development yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari,
- ilmiy tadqiqotlar hamda
- talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
- Shuningdek, o'yin yaratish va interaktiv media yo‘nalishlarida yoshlar uchun maxsus dasturlar tashkil etiladi.
Agar Siz o‘yinlar yaratish, 2D/3D grafika, animatsiya yoki Unity va Unreal Engine bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ariza qoldiring: https://forms.gle/nR4ZbzqdYsN9AuBn9
Eng iqtidorli yoshlarni bepul o'qitib yuqori maoshli ish bilan ta'minlashga yordam beramiz.
