Olimjon Umarovni yanada mas'uliyatli lavozimga o‘tgani bilan tabriklaymiz!
2026-03-11 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi O. Umarovni ushbu mas’uliyatli yuqori lavozimga tayinlangani bilan samimiy muborakbod etadi hamda uning davlat boshqaruvi tizimidagi keyingi faoliyatida ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.
