O'zbekistonni mintaqaviy AT markaziga aylantirish yo‘lida xotin-qizlar uchun muhim loyiha ishga tushirildi
2026-03-28 12:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu muhim tashabbus Islom taraqqiyot banki moliyaviy ko'magida hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi va xalqaro hamkorlar, jumladan, BMT Taraqqiyot Dasturi ishtirokida amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad — mamlakatimizni yirik AT xabga aylantirish strategiyasi doirasida chekka hududlardagi xotin-qizlarning intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish va ularning raqamli iqtisodiyotdagi o'rnini mustahkamlashdir. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova hamda BMT va ITB vakillari so'zga chiqib, bu kabi inklyuziv loyihalar innovatsiyalarni rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sishning muhim drayveri ekanligini ta'kidladilar. Ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlikni o'zida jamlagan ushbu loyiha ko‘proq xotin-qizlarning STEM sohasiga kirib kelishiga, muvaffaqiyatli bizneslar qurishiga hamda mamlakatning raqamli va iqtisodiy rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shadi.





