Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar, Sun’iy intellektni o‘rganing, o‘rgating va sovg‘alarga ham ega bo‘ling!
2026-03-29 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezidentimiz tashabbuslariga ko‘ra “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida ishtirok etgan “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”, “Eng faol maktab”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” va “Eng faol ishtirokchi” bo‘lgan talaba va o‘quvchilarni qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etilganidan xabaringiz bor.

Hozirda mukofotlar IT Park Uzbekistan majmuasida tayyorlandi va birinchi taqdirlash marosimiga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda.
Siz ham bo‘sh vaqtingizni bekor o‘tkazmay aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganing hamda talaba va o‘quvchilarga o‘rgating!
Shunda nafaqat kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishingiz ham mumkin!




