Umummilliy AI Hackathon - Qarshida!
2026-03-30 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Aziz yoshlar, dasturchilar, startapchilar va sun’iy intellekt ixlosmandlari!

Joriy yilning 6–10 aprel kunlari Qarshi shahrida "National AI Hackathon”ning to‘rtinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi!
Bu – O‘zbekiston bo‘ylab katta sun’iy intellekt xakatoni. Sizning g‘oyangizni real loyihaga aylantirish, kuchli mentorlar bilan ishlash va yirik sovg‘alar uchun kurashish imkoniyati!
Nima kutmoqda?
– 4 kunlik intensiv ishlash
–Tajribali mentorlar va ekspertlar yordami
– Oraliq va yakuniy taqdimotlar
Manzil: Qarshi shahri, Qarshi Davlat Universiteti (Yoshlar markazi)
Sana: 7–10-aprel
16 yoshdan yuqori barcha Qashqadaryo viloyati yoshlari ishtirok etishi mumkin.
Ro‘yxatga olish 3-aprelgacha davom etadi
https://ai-hackathon.uz
