Siz “El-yurt umidi” dasturi orqali o‘qib kelib yoki TOP-300 universitetni bitirib, yurtimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shmoqchimisiz?
2026-04-05 22:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezidentimiz bunday vatandoshlarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib berdilar!

Sizni Kelajakdagi Sun’iy intellekt va Raqamli transformatsiya yetakchilaridan biriga aylanishga taklif etamiz!
Siz Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markaziga ishga kirib, aholi va tadbirkorlar uchun zarur bo‘lgan raqamli islohotlarni amalga oshirishga hissa qo‘shib, boshqa vazirlik va idoralaridagi CDO darajasidagi zahira lavozimgacha rivojlanasiz.
O‘zbekistonning raqamli kelajagini birga barpo etamiz!
Murojaat uchun:
Tel: +998 55-501-36-06(1009), e-mail: l.isoqjonova@egov.uz
