Sun’iy intellekt sohasida O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
2026-04-16 19:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.
Tomonlar hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar:
— davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, moliya va ta’lim sohalarida sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish;
— tadqiqot tashabbuslari, sinov loyihalari hamda innovatsion dasturlarni birgalikda ishlab chiqish;
— salohiyatni oshirish, professional almashinuvni yo‘lga qo‘yish va sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim dasturlarini rivojlantirish;
— sun’iy intellekt startap ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy GPU hisoblash infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Shuningdek, “Nippon Foundation” fondi Markazga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi:
— mahalliy SI startaplarini Yaponiya bozoriga olib chiqish;
— SI startaplar uchun kichik quvvatli hisoblash infratuzilmasiga kirish imkoniyatlarini ta’minlash.
Mazkur uchrashuv sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.



