Samarqandda eksportga yo‘naltirilgan AT xizmatlar: “Fleet fly” faoliyati ko‘zdan kechirildi
2026-04-22 09:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur korxona bugungi kunda AQShdagi logistika kompaniyalari uchun dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatib, yuk tashish jarayonlarini samarali boshqarish, marshrutlarni optimallashtirish hamda haydovchilar va mijozlar o‘rtasida uzluksiz aloqa tizimini yo‘lga qo‘ygan.
Korxonada 25 nafar mutaxassis faoliyat yuritib, ular zamonaviy dasturiy vositalar orqali xalqaro mijozlar bilan ishlamoqda. Xizmatlar qatoriga yuklar harakatini real vaqt rejimida nazorat qilish, logistika jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda favqulodda holatlarda tezkor yechimlar ishlab chiqish kiradi.
Tashrif davomida korxonaning eksportga yo‘naltirilgan faoliyati va xalqaro bozordagi o‘rni alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Qayd etilganidek, bunday xizmatlar orqali mahalliy mutaxassislar global kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, mamlakat IT xizmatlari eksporti kengayib bormoqda.



