Davlat auditi va moliyaviy nazoratni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
2026-04-29 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari — agentliklar, inspeksiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, korxona va muassasalarning moliyaviy yo‘nalishdagi mas’ul xodimlari, jumladan, bosh hisobchilar, iqtisodchilar, xaridlar, ichki audit va komplaens nazorati tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni asosida vazirlikda Hisob palatasining doimiy vakili faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda uning asosiy vazifalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Hisob palatasi vakili tomonidan moliyaviy boshqaruvda xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, amaliy mexanizmlar hamda ularning qo‘llanish jihatlari tushuntirildi.
Seminar doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xaridlarini shaffof tashkil etish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.









