Hurmatli yurtdoshlar!
2026-05-09 08:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu sana — xalqimizning jasorati, mardligi va fidoyiligi timsoli, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga cheksiz hurmat ifodasidir. Bu kun orqali biz nafaqat tariximizni yodga olamiz, balki bugungi tinch va barqaror hayotimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini yana bir bor anglaymiz.
Xotira va qadrlash kuni — bu avlodlar davomiyligi, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlarni ulug‘lash kunidir. Ayniqsa, yosh avlodni Vatanga sadoqat, tinchlikni qadrlash va tarixiy xotirani asrash ruhida tarbiyalashda ushbu sana alohida ahamiyat kasb etadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi nomidan urush va mehnat faxriylariga chuqur minnatdorlik bildirib, barchangizga tinchlik, farovonlik va mustahkam sog‘lik tilaymiz.
