Qahramonlar xotirasi yod etildi
2026-05-09 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va kelajagi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz mislsiz jasorat, sabr va matonat namunasini ko‘rsatdi. Minglab o‘zbekistonliklar front ortida ham, jang maydonlarida ham fidokorona xizmat qilib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan.
Urush yillaridagi og‘ir sinovlar, xalqimiz boshidan kechirgan yo‘qotish va mashaqqatlar bugungi tinch va osoyishta hayotning qadrini yanada chuqurroq anglashga undaydi.
Ajdodlarimizning mardligi, Vatanga sadoqati va jasorati xalqimiz qalbida hamisha barhayotdir.






