Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar
2026-05-08 11:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 15-may kuni soat 14:30 da Surxondaryo viloyati Denov tumani “Bogʻi Nav MFY” Sharof Rashidov ko‘chasi “Eco bog‘i”da Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yigʻilishi oʻtkaziladi. Sizni mazkur sayyor qabulga taklif etamiz!

Yig’ilishda quyidagi masalalar yuzasidan oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin:
- Internet xizmati;
- Mobil aloqa;
- Telekommunikatsiya;
- Pochta xizmati;
- AT ta’lim va AT yo‘nalishidagi o’quv markazlari faoliyati;
- IT Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
- AT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
- Sun’iy intellekt.
Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Sayyor qabul manzili:
Surxondaryo viloyati, Denov tumani “Bogʻi Nav MFY”Sharof Rashidov ko‘chasi “Eco bog‘i”
Murojaat uchun telefon:
76 228-00-82
