Qashqadaryoda yangi “IT-shaharcha” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-05-12 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab tadbir davomida yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish, ularni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar bo‘yicha sifatli ta’lim bilan qamrab olish bugungi kunning muhim ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Mazkur “IT-shaharcha”da bir vaqtning o‘zida 60 nafar yosh tahsil olishi mumkin. Loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillar bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni bepul o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda bepul ta’lim beriladi:
- Kompyuter savodxonligi;
- Dasturlash;
- Data Science;
- Grafik dizayn;
- Xorijiy tillar.
Shuningdek, markazda zamonaviy jihozlangan kutubxona hamda shaxmat to‘garagi faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.
🗺 Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Furqat ko‘chasi
Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi “IT-shaharcha”larda 2 mingdan ortiq yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillarga o‘qitilmoqda.
O‘z hududingizdagi “IT-shaharcha”da tahsil olish uchun ariza qoldiring! https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfjN--XO7ctA-9cMjVRyfgtBd_GNFNQhiiUvtlYfO1SpUTJVg/viewform









