GameFest 2026 — mintaqadagi eng yirik o‘yin va animatsiya festivali Toshkentda bo‘lib o‘tadi
2026-05-12 14:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Festival doirasida AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Kanada, Fransiya, Germaniya, Turkiya, BAA, Polsha, Italiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.
Festival dasturidan:
- Game Forum — o‘yin industriyasidagi global trend va imkoniyatlarga bag‘ishlangan sessiyalar;
- Animation Forum — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar;
- International Game Jam — 48 soatlik xalqaro xakaton;
- ScaleUp & Fund: Pitch Session — startaplar uchun investitsiya sessiyasi;
- B2B Growth Exchange — investorlar va ishlab chiquvchilar o‘rtasidagi biznes uchrashuvlar;
- Games and Animations Expo — mahalliy va xorijiy studiyalar loyihalari ko‘rgazmasi;
- Cosplay Show — kreativ chiqishlar va maxsus sovrinli tanlovlar;
- Music Fest — mashhur DJ va musiqachilar ishtirokidagi shou dastur.
Manzil: “Renessans Hall” majmuasi
Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish: www.gamefest.uz
GameFest 2026 — O‘zbekistonning kreativ iqtisodiyot, GameDev va animatsiya sanoatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiluvchi yirik platformadir.
