Hurmatli konchilik va metallurgiya sohasi vakillari!
2026-05-17 10:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Sizlarni Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.

Mamlakatimiz sanoati, iqtisodiyoti va ishlab chiqarish tarmoqlari rivojida sizlarning mehnatingiz muhim o‘rin tutadi. Kasbingizga bo‘lgan mas’uliyat, tajriba va fidoyiligingiz yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu sana munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik va faoliyatingizda omad tilaymiz.
