Malayziyaning Shoraka Group kompaniyasi bilan raqamli moliya va FinTech sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-05-21 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda Islom moliyasi tamoyillariga asoslangan zamonaviy moliya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish va kelgusidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar innovatsion moliyaviy platformalarni yaratish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish hamda biznes vakillari va foydalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, raqamli moliya ekotizimini rivojlantirish, xalqaro tajribani jalb etish hamda yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli texnologiyalar va moliya sohalari kesishmasida tajriba almashishni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.






