Fintex va startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-21 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muloqot davomida O‘zbekistonda Fintex bozori rivoji, raqamli moliya sohasidagi tartibga solish muhiti hamda texnologik startaplar ekotizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda bank aksiyadorlari ishtirokida venchur fondlarni tashkil etish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, investitsion hamkorlikni kengaytirish hamda M&A bitimlarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar Fintex ekotizimini rivojlantirish strategiyasi, xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlarni O‘zbekistonda joriy etish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.
PwC (Strategy&) vakillari Yevroosiyo mintaqasida bank, raqamli transformatsiya va texnologik ekotizimlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan loyihalari hamda tajribalari haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar raqamli moliya, innovatsion texnologiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.



