Prezidentimiz samarali boshqaruv qanchalik muhim ekaniga eʼtibor qaratdi.
2026-05-22 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari

“Vazirlik va agentliklar, qoʻmita va inspeksiyalar faoliyatini xolis baholash, ularning aholi oldidagi masʼuliyatini yanada oshirish endi doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bundan buyon “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu nuqtayi nazardan, “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi mutlaqo yangi boshqaruv madaniyati va dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan islohotdir.
Ushbu dastur davlat idoralari faoliyatini xolis baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, eng ilgʻor tajribalarni keng ommalashtirish hamda sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashni koʻzlaydi.
Joriy yil yanvar-aprel oylarida dastur doirasida davlat idoralari faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholandi.
Tanlovda 40 ta respublika idorasi va ularning xodimlari ishtirok etdi.
