1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
2026-06-01 08:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vazirligi barcha bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Farzandlarimiz hayotimiz mazmuni, kelajagimiz bunyodkorlari va eng katta boyligimizdir. Ularning baxtli bolaligi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab ulg‘ayishi yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
Bugungi raqamli davrda bolalarning xavfsiz, bilimli va ijodkor bo‘lib voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir bolaning quvonchi, orzulari va porloq kelajagi uchun birgalikda mas’ulmiz. Zero, bolalar kulgisi va tabassumi eng katta baxt va ertangi kunimizning ishonchidir.
Aziz-u mo‘jaz qalb egalari, bayramingiz muborak bo‘lsin!
