30-iyun – Yoshlar kuni!
2026-06-30 08:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, startaplar va innovatsiyalar sohasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Raqamli texnologiyalar vazirligi yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro talablar darajasidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashi, zamonaviy kasblarni o‘zlashtirishi hamda global mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettiradi.
Aziz yoshlar!
Yuksak marralarni zabt etish yo‘lida ilm olishdan, izlanishdan va o‘z ustingizda ishlashdan aslo to‘xtamang. Sizlarning bilim, intilish va fidoyiligingiz mamlakatimizning raqamli kelajagini bunyod etishda muhim o‘rin tutadi.
30-iyun — Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
