Harbiy xizmatchilar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilmoqda
2026-06-30 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida institutning zamonaviy infratuzilmasi, harbiy texnikalarning o‘quv simulyatsion trenajyorlari, maxsus laboratoriyalar hamda Yoshlar radiosi xonasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va robototexnika yo'nalishlarida erishgan yutuqlari namoyish etildi.
Dastur doirasida institutning shaxsiy tarkibi bilan o'tkazilgan davra suhbatida AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayoniga ilg'or raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, hududdagi harbiy qismga tashrif buyurilib, "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitish jarayonlari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Yakunda tomonlar ta'lim va innovatsiyalar yo'nalishida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishdilar.









