“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi g‘oliblari Xitoyda sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirmoqda
2026-07-28 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar maktab o‘qituvchisi Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishida malaka oshirmoqda.
Safar dasturiga muvofiq, ishtirokchilar dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalariga tashrif buyurib, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar hamda AT sohasidagi ilg‘or yechimlar bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va boshqa sohalarda qo‘llash bo‘yicha xalqaro mutaxassislarning amaliy tajribalarini o‘rganmoqda.
Mazkur tajriba o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, shuningdek, hududlardagi maktab o‘quvchilarida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Siz ham ushbu imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt bo‘yicha bepul ta’lim olib, zamonaviy AI vositalarini o‘rganish hamda kelgusida xalqaro malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Shuningdek, aistudy.uz platformasi orqali axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida bepul onlayn kurslar, it-istedod.uz orqali esa xalqaro AT kurslari va sertifikatlari xarajatlari uchun kompensatsiya imkoniyatlari taqdim etiladi.
Sun’iy intellektni bugundan o‘rganishni boshlang va zamonaviy texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlarni aileaders.uz bilan kashf eting.
