O‘zbekistonlik yoshlar Chicago Robot Invitational 2026 musobaqasida bronza medalini qo‘lga kiritdi
2026-07-29 12:15:00 / Vazirlik yangiliklari
AQShda robototexnika bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli Chicago Robot Invitational (CRI) 2026 xalqaro turnirida O‘zbekistonning The Reckless jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa robototexnika yo‘nalishidagi eng nufuzli xalqaro turnirlardan biri bo‘lib, unda har yili dunyo bo‘ylab 35 mingdan ortiq jamoa orasidan saralab olingan atigi 38 ta jamoa ishtirok etadi.
Jamoaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabasi Mahkambek Teshabayev sardorlik qilmoqda.
Mazkur yutuq O‘zbekiston yoshlarining robototexnika va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyati hamda xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusidagi xalqaro musobaqalarda yangi zafarlar tilaydi.

