Yosh ayollar sunʼiy intellekt, raqamli muhitning imkoniyatlari va mavjud xatarlaridan himoyalanish hamda ularni boshqarishga qay darajada tayyor?
2026-09-09 10:35:00 / Vazirlik yangiliklari
“Capacity Building in AI Literacy and Cybersecurity for Girls” loyihasi doirasida, UNOPS, IT Ta’lim Uyushmasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida hamda Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi orqali moliyalashtiriladigan, xotin - qizlar o‘rtasida sunʼiy intellekt savodxonligi, kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tadi.

Yo'nalishlari:
- Sun’iy intellektdan xavfsiz, axloqiy va mas’uliyatli foydalanish
- Raqamli va Kiberxavfsizlik
- Ma’lumotlar savodxonligi va dezinformatsiyani aniqlash
- Ijtimoiy manfaatlar va fuqarolik faolligi uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish
- Raqamli chidamlilik va texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish
- Ayollarning texnologiya va raqamli sohalardagi ta’lim hamda karyera imkoniyatlari
Dastur doirasida interaktiv sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarga zamonaviy raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi.
Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, texnologiyalar va raqamli transformatsiyaga qiziqadigan barcha qizlar va yosh ayollarni tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!
2026-yil 12-sentabr
09:00
Toshkent shahridagi Inha universiteti
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting https://forms.gle/Ajkq3hHzn1cZHy7YA
