Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida boʻladi
2026-09-12 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Davlatimiz rahbari Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Oʻzbekiston bilan Koreya oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiyani chuqurlashtirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Prezidentimiz birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi. Unda savdo, investitsiyalar, infratuzilma, raqamli transformatsiya, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa koʻplab sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Tadbir yakunlari boʻyicha Seul deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
