ICT WEEK 2026: Raqamli ta’lim forumi — AI, ta’lim va kasblar kelajagi
2026-09-23 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
“ICT Week Uzbekistan 2026” doirasida “Raqamli ta’lim: AI, ta’lim va kasblar kelajagi” mavzusida forum bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda sun’iy intellekt davrida ta’lim tizimining transformatsiyasi, AI’ning mehnat bozori va ish o‘rinlariga ta’siri, kelajak kasblari hamda zamonaviy raqamli ta’lim platformalarining imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, kelajakda qaysi mutaxassisliklarga talab ortishi, mentorlik samaradorligi va raqamli monitoring tizimlarining ta’limdagi o‘rni yuzasidan fikr almashiladi.
Forumni quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
Youtube
Facebook
Telegram






