StartupBlink rahbariyati bilan Xorazm startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-09 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

StartupBlink Bosh direktori Eli David Rokah bilan bolib o‘tgan uchrashuvda Xorazm viloyatida startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro bozorga olib chiqish, StartupBlink xalqaro platformasida Xorazmning ko‘rinuvchanligini oshirish masalalari muhokama etildi.
StartupBlink Bosh direktori Eli David Rokah Xorazm yoshlarining startaplarini yanada rivojlantirish va xalqaro bozorga olib chiqish, shuningdek, Xorazmni startap xabiga aylantirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida StartupBlink Bosh direktori Xorazm viloyatining AT infratuzilmasi va hudud yoshlarining salohiyatini yuqori baholab, sohada yartilgan sharoitlarni e’tirof qildi.
Uchrashuv yakunida kelgusida StartupBlink bilan tizimli hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.


