O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-14 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, robototexnika hamda raqamli hukumat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi o‘tkazilgan oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, O‘zbekistonda sun’iy intellekt faoliyatini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar (R&D) yo‘nalishida faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarini ushbu jarayonga jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda Seul milliy universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki muloqotlar olib borilayotgani qayd etildi.
Tomonlar ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi strategik hamkorlik doirasida robototexnika va sanoatda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, aholining, ayniqsa, yoshlarning sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida Koreyaning onlayn kurslarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni izchil amalga oshirish, tegishli tashkilotlar bilan muloqotni davom ettirish va O‘zbekiston – Koreya raqamli hamkorligining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib oldilar.




