O‘zbekistonda texnologik diplomatiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi
2026-10-20 19:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir Texnologik diplomatiya bo’yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinganining bir yilligiga bag’ishlandi.
Deklaratsiya 2025-yil 1-noyabr kuni Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasi doirasida imzolangan bo’lib, o’z turidagi dunyodagi ilk hujjat hisoblanadi. Simpoziumda o’tgan davrda erishilgan natijalar sarhisob qilindi. Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida texnologik diplomatiya salohiyatini birgalikda rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Ochilish marosimida, Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o’rinbosari Baxromjon Aloyev, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov hamda BMTning O’zbekistondagi rezident koordinatori Sabine Machl ham so’zga chiqdi.
Shundan so’ng TDGI asoschisi va prezidenti Ayumi Moore Aoki simpoziumning asosiy mavzusini taqdim etdi.
Simpozium uch bosqichli davra suhbatlari shaklida o’tdi.
Muhokamalarda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, akademik doiralar, biznes, fuqarolik jamiyati va yoshlarning 25 ga yaqin vakili ishtirok etdi. Ishtirokchilar mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari va kelgusi majburiyatlar yuzasidan fikr almashdilar.









