VEON kompaniyasi bilan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-10-21 09:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” sammiti doirasida VEON kompaniyasi bosh direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, mobil aloqa tarmoqlari qamrovini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar VEON guruhining xalqaro tajribasi va O‘zbekistondagi faoliyati, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, mamlakatda raqamli xizmatlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va o‘zaro muloqotni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.


